Urganch davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar, nefrologiya, gemodializ va reabilitologiya kafedrasi assistenti.

2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Davolash fakultetini tamomlagan. 2011–2013-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Kardiologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tugatgan.

2013–2015-yillarda shu markazning Xorazm filiali Shoshilinch kardiologiya bo‘limida, 2014–2018-yillarda 2-son oilaviy poliklinikada kardiolog bo‘lib ishlagan. 2018-yilda Janubiy Koreyada kardiologiya bo‘yicha malaka oshirgan. 2020–2021-yillarda Saudiya Arabistonining Al-Xarj shahridagi King Khalid Hospital shifoxonasida kardiolog mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.

2021-yildan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialida kardiolog sifatida ishlagan. 2023-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Ichki kasalliklar, reabilitologiya va xalq tabobati kafedrasida assistent sifatida faoliyat boshlagan.

Telefon: +998 93 465 27 71 Elektron pochta: ilizarov.sa@gmail.com