Djabbarova Zulfiya Iskandarovna — kafedra assistenti, pulmonolog.
2000-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining davolash fakultetini, 2000–2002-yillarda pulmonologiya bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2002–2003-yillarda Urganchda «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining DOTS dasturini joriy etish ishlarida shifokor assistent sifatida qatnashgan.
2009–2015-yillarda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi maslahat poliklinikasida pulmonolog, 2015–2016-yillarda «Med Kompleks» klinikasi direktori, 2016–2021-yillarda «Med City» klinikasida pulmonolog bo‘lib ishlagan.
2022-yildan kafedra assistenti sifatida faoliyat olib boradi.

