Kafedraning amaliy mashg‘ulotlari Urganch shahridagi institut klinikasi, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat reabilitatsiya markazi, xususiy klinikalar va markaziy poliklinikalarda tashkil etiladi.
Klinik bazalar talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlar bilan bog‘lash, klinik fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida professor-o‘qituvchilarning terapevtik va boshqa klinik mutaxassisliklardagi tajribasidan foydalaniladi. Kafedraning umumiy jamoa surati ham Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi oldida olingan.
