Urganch davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar, nefrologiya, gemodializ va reabilitologiya kafedrasi assistenti.
2014–2020-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Davolash ishi yo‘nalishida tahsil olgan. 2021–2024-yillarda shu filialning Terapiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi magistraturasida o‘qigan.
2019-yil oktabridan 2023-yil oktabrigacha Urganch shahar 1-son oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2023-yil oktabridan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Ichki kasalliklar, reabilitologiya va xalq tabobati kafedrasida assistent sifatida faoliyat boshlagan.

