Urganch davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar, nefrologiya, gemodializ va reabilitologiya kafedrasi assistenti.
1998–2005-yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialida tahsil olgan. 2005–2008-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida Gastroenterologiya yo‘nalishi magistraturasida o‘qigan.
2009–2010-yillarda Urganch shahar markaziy poliklinikasida gastroenterolog, 2010–2016-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 2017–2018-yillarda Toshkent viloyati shifoxonasi va Chirchiq shahar markaziy poliklinikasida, 2019–2023-yillarda Urganch shahar markaziy poliklinikasida gastroenterolog sifatida faoliyat yuritgan.
2023-yildan kafedrada faoliyat olib boradi. 2024-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasida mustaqil izlanuvchi sifatida «Surunkali gepatitlar diyetoterapiyasini mahalliy oqsilga boy va ixtisoslashgan parhez mahsulotlari bilan takomillashtirish» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 10 ga yaqin ilmiy maqola muallifi.

