Urganch davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar, nefrologiya, gemodializ va reabilitologiya kafedrasi assistenti.
2013–2019-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Kasbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. 2019–2022-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Nefrologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qigan.
2020-yilda Xorazm viloyati Gurlan tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori hamda Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘rindosh tez tibbiy yordam shifokori bo‘lib ishlagan. 2024-yilda Gurlan tumani tibbiyot birlashmasida navbatchi terapevt vazifasida faoliyat olib borgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Ichki kasalliklar, reabilitologiya va xalq tabobati kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. Ilmiy ish mavzusi: «Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga olib keluvchi xavf omillarining tarqalganligi».
Telefon: +998 97 299 39 11 Elektron pochta: xdizzat1993@gmail.com Telegram: @izzat93yil

