Urganch davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar, nefrologiya, gemodializ va reabilitologiya kafedrasi assistenti.
2015–2019-yillarda Samarqand davlat tibbiyot institutining Davolash ishi yo‘nalishida, 2019–2021-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tahsil olgan. 2021–2024-yillarda shu filialda Ichki kasalliklar mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qigan.
2020-yil martidan Xiva tumani 41-son oilaviy poliklinikasida, 2021-yil oktabridan Xiva shahar 2-son oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan.
2023–2025-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Ichki kasalliklar, reabilitologiya va xalq tabobati kafedrasida assistent bo‘lgan. 2025-yildan Urganch davlat tibbiyot institutining hozirgi nomdagi kafedrasida assistent. 6 ta ilmiy maqola va 8 ta tezis chop ettirgan.

